Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdöğanning matbuot kotibi Ibrohim Kalinning aytişiça, Germaniya maxsus xizmatlari Fathulloh Gulenning Turkiyadagi harbiy davlat töntarişiga aloqadorligini tan olişni istamayotgani, bu davlat uşbu taşkilotni qöllab-quvvatlaşini anglatadi. Bu haqda Reuters xabar tarqatgan.

Bundan oldinroq Germaniya Federal razvedka xizmati rahbari Bruno Kall Gulen va uning tarafdorlari Turkiyadagi davlat töntarişiga urinişga aloqadorligini isbotlaydigan bironta dalil yöqligi haqida gapirib ötgandi.

«Turkiya bor imkoniyatlari bilan bizni bunga işontiriş uçun urinmoqda. Ammo ular bunga muvaffaq bölişmadi», — degan Kall.

Kalin uning bayonoti GFR Turkiyada davlat töntarişi bölişini qöllab-quvvatlaşidan darak berişi haqida gapirgan.

«Ular biz taqdim etgan ma'lumotlarni yöqqa çiqarmoqçi. Nega ular gulençilarni himoya qiladi? Çunki bundan manfaatdorlar va Germaniya bu kuçlardan Turkiyaga qarşi foydalanişi mumkin», — degan Erdöğanning matbuot kotibi.

Germaniya va Turkiya munosabatlarida navbatdagi taranglik GFR hududida turk vazirlarining taşviqot marosimlari ötkazişiga ruxsat bermagani ortidan yuzaga keldi.