Oq uy rasmiysi Şon Spayserning ma'lum qilişiça, AQŞ prezidenti Donald Tramp Germaniya kansleri Angela Merkel bilan Oval xonasidagi uçraşuvi vaqtida unga qöl berib körişmagani sababi, uning ovozini eşitmaganidadir. Bu haqda Germaniyadagi Spiegel naşri xabar tarqatdi.
Naşrning qayd etişiça, öşa vaqtda fotosuratçilar ikki siyosatçidan bir-birining qölini siqişini söragan, Merkel xonim Trampga bir neça bor qöl berişini sörab, murojaat qilgan. Ammo AQŞ prezidenti unga ögirilib qaramagan. Merkel xonim bu vaqtda öta taajjubga tuşgan, uning yuzidan şunday sözlarni uqiş mumkin edi: «Yöq bölsa, yöqda».
17 mart kuni röy bergan uşbu hodisa OAVda keng muhokamalarni keltirib çiqardi, köpçilik Tramp buni ongli ravişda qilgan degan fikrlarni bildirdi.
«Men u bu savolni eşitgan edi deb öylamayman», — degan Spayser. U bu holatga ilk rasmiy munosabatni şu tariqa bildirdi.
Tramp Angela Merkel bilan qöl berib körişgani aks etgan fotoni e'lon qildi

















