Germaniya kansleri Angela Merkel G20 sammiti yakunlanganidan söng Buenos-Ayresdagi taniqli steyk-xauslardan birida ovqatlandi. Uning restoranga taşrifini Todo Noticias telekanali yoritdi.
Restorandagi mijozlarni Merkelning taşrifi vaqtida u yerning oddiy xörandalar uçun ham oçiq bölgani hayron qoldirdi. Germaniya kansleri restoranga kiçik delegatsiya hamrohligida keldi.
Steyk-xausga olib boruvçi köçalarda qatnov çeklandi, ammo mijozlarning restoranga kirişlariga ruxsat berildi. Qayd etilişiça, restoranga kiriş eşigi oldida kansler bilan suratga tuşiş uçun köplab mahalliy aholi töplangan.
G20 sammiti 30 noyabr-1 dekabr kunlari Argentina poytaxti Buenos-Ayresda bölib ötdi.
1 dekabr kuni Buenos-Ayresga oddiy reysda uçayotgan yölovçilar samolyot içida Merkelni suratga olişgandi. Avvalroq texnik nosozlik tufayli hukumat samolyoti Berlindan parvoz qilganidan köp ötmay qaytib qönişga majbur bölgandi.

















