Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pentagon NATOni Suriyada aviazarba berilishi haqida avvaldan xabardor etgan
AQSh Mudofaa vaziri Jyeyms Mettis NATO bosh kotibi Yyens Stoltenbergni Suriya qurolli kuchlari bazasiga zarba berilishi haqidagi oldindan xabardor etdi, alyans zarbaning o‘ziga izoh bermayapti, deb xabar tarqatdi RIA Novosti NATO vakiliga asosan.
"Suriyadagi zarbalar bo‘yicha AQSh hukumatiga murojaat qiling. Biroq, biz NATO bosh kotibi zarbadan avval AQSh mudofaa vaziri tomonidan bu haqda xabardor etilganini tasdiqlashimiz mumkin", - deya aytib o‘tgan o‘z nomini oshkor etishni istamagan NATO vakili.
AQSh prezidenti Donald Tramp juma kuniga o‘tar kechasi Suriyadagi aerodromga raketa hujumini qilish haqida topshiriq berganini xabar qildi. Uning fikricha, aynan shu yerdan kimyoviy hujum amalga oshirilgan. Pentagon raketa zarbasi nishoni Xoms viloyatidagi Shayrot aerodromi bo‘lganini ma'lum qildi. Xabar qilinishicha, zarbarlar AQSh HDK kemalarida joylashtirilgan qanotli raketalar orqali berilgan. Pentagon ma'lumotlariga ko‘ra, hammasi bo‘lib 59 ta raketa uchirildi. Hodisa oqibatida 7 nafar inson halok bo‘lgan.
Mavzuga oid
23:07 / 17.06.2026
Tramp yakuniy kelishuv uchun Eronga 60 kun muhlat berdi
22:32 / 17.06.2026
Tramp Rossiya va Xitoyni «butun dunyoni portlatib yubormaslik» uchun yadroviy kelishuvga chaqirdi
10:30 / 17.06.2026
Boliviya va AQSh 18 yillik tanaffusdan so‘ng narkotrafikka qarshi hamkorlikni tikladi
09:45 / 17.06.2026