AQŞdan deportatsiya qilingan 18 nafar Özbekiston fuqarosi maxsus charter reys orqali Toşkent xalqaro aeroportiga olib kelindi.
Xabar qilinişiça, ular AQŞ migratsiya qonunçiligi talablarini buzgani uçun deportatsiya qilingan.
“Jarayon doirasida fuqarolarning şaxsini aniqlaş, zarur safar hujjatlarini rasmiylaştiriş, taşkiliy-huquqiy masalalarni hal etiş hamda ularning xavfsiz qaytarilişini ta’minlaş böyiça barça çoralar körildi”, deyiladi “Dunyo” AA xabarida.
Qayd etilişiça, Özbekiston xorijiy davlatlar bilan migratsiya sohasidagi hamkorlikni izçil rivojlantirib, noqonuniy migratsiyaning oldini oliş, fuqarolarning xorijdagi huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qiliş, şuningdek, zarurat tuğilganda ularning xavfsiz vatanga qaytarilişini ta’minlaş yuzasidan tizimli işlarni davom ettirmoqda.

















