Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 6 aprel kuni Mustaqil Davlatlar Hamdöstligi Taşqi işlar vazirlari kengaşining navbatdagi majlisida iştirok etiş uçun Toşkentga kelgan MDH Ijroiya qömitasi raisi — Ijroçi kotibi Sergey Lebedevni qabul qildi. Bu haqda ÖzA xabar bermoqda.

Şavkat Mirziyoyev mehmonni qutlar ekan, Hamdöstlik doirasida özaro manfaatli hamkorlikni kengaytiriş va mustahkamlaş masalasiga muhim ahamiyat qaratilayotganini alohida ta'kidladi.

Suhbat çoğida MDH doirasida erkin savdo zonasining tölaqonli faoliyat yuritişini ta'minlaş, şuningdek, transport-kommunikatsiya tarmoqlarini jadal rivojlantiriş va butun mintaqaning tranzit salohiyatini yuksaltirişga yönaltirilgan istiqbolli loyihalarni amalga oşiriş masalalariga alohida e'tibor qaratildi.

«Uçraşuvda Özbekistonda ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va huquqiy islohotlar amalga oşirilayotgani, 2017-2021 yillarga möljallangan Harakatlar strategiyasida Özbekistonni rivojlantirişning ustuvor yönalişlari belgilangani, Prezidentning virtual qabulxonasi, joylarda taşkil etilgan Xalq qabulxonalari odamlarning talab va istaklarini röyobga çiqarayotgani, Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili doirasidagi işlar yurtdoşlarimizning davlatga işonçini mustahkamlayotgani ta'kidlandi», — deyiladi ÖzA axborotida.

Sergey Lebedev Özbekiston Prezidentiga samimiy qabul, Toşkent şahrida Mustaqil Davlatlar Hamdöstligi Taşqi işlar vazirlari kengaşi majlisiga tayyorgarlik köriş va uni ötkazişda Özbekiston faol iştirok etgani uçun minnatdorlik bildirdi.

Uçraşuvda Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Taşqi işlar vazirlari kengaşi majlisi samarali ötişiga muvaffaqiyat tiladi.