Toşkent şahrida turli xil jinoyatçiliklarga qarşi kuraş borasida olib borilgan tadbirlar davomida odamlar işonçiga kirib, firibgarlik yöli bilan pul topayotgan şaxs qölga olindi. Ajablanarlisi şundaki, u firibgarlik qiliş çoğida içki işlar xizmati podpolkovnigi kiyimidan foydalangan.


Toşkent şahar IIBBda ma'lum qilişlariça, asli samarqandlik bölgan va muqaddam firibgarlik uçun 3 marta sudlangan şaxs odamlar işonçiga kirib, özi ijaraga olgan uylar otasining mulki ekani, zudlik bilan pul zarur bölgani uçun sotayotganini aytib, bir neçta uyni sotiş maqsadida xaridorlardan bir neça million söm va 3100 AQŞ dollari miqdoridagi pullarni özlaştirgan.
Şahar IIBB quyidagi suratda aks etgan şaxsdan jabrlanganlar bölsa, 102 qisqa raqamiga qönğiroq qilişni yoki eng yaqin militsiya bölimiga murojaat qilişni söraydi.












