AQŞ prezidenti Donald Tramp XXR raisi Si Jingpinning Xitoyga taşrifni amalga oşiriş böyiça taklifini qabul qildi. Bu haqda Sinhua agentligi xabar tarqatdi.

Xitoy rahbari ayni vaqtda AQŞda taşrif bilan bölib turibdi.  Tramp özining Florida ştatidagi Mar-a-Lago qarorgohida Xitoy rahbarini qabul qilgan.

"Tramp Si Jingpinning Xitoyga boriş böyiça taklifini qabul qildi", — deyilgan agentlik xabarida.

Xabarda aytilişiça, Jingpin Xitoy va Amerikaning investitsiyalar, infratuzilmalar qurilişi hamda energetika sohalaridagi hamkorligini kengaytirişni taklif etgan.

Xitoy rahbarining taşrifi davomida ikki kunlik AQŞ—Xitoy sammiti bölib ötmoqda.