Amerikaning Nevada ştatida yaşovçi Karter Uilkerson Wendy’s restoranlar tarmoği bilan Twitter'da talab qilingan reaksiyalar soniga erişişi borasida bahslaşdi. Yil davomida kompaniya naggetslaridan bepul baxramand böliş imkonini qölga kiritiş uçun u 18 milliondan ortiq retvitga ega bölişi kerak: servis tarixida heç kim bunday körsatkiçga yaqinlaşmagan ham.
Uilkersonning mikroblogidagi dastlabki yozuv Wendy’s rasmiy akkauntiga yönaltirilgan edi.
"Vendis, naggetslaringizni bir yil bepul iste'mol qiliş uçun qança retvit bölişi kerak?"
Kompaniya qisqa va lönda javob berdi.
18 million
Bu Uilkersonni töxtata olmadi va u çaqiriqni qabul qildi.
"Hal böldi, deb hisoblayvering".
Amerikalik şundan keyin unga kerakli retvitni yiğişga kömak beriş söralgan yozuvlar skrinşotini havola qildi va bu virus kabi keng tarqaldi. Maqola naşrga çiqqunga qadar 800 mingdan ziyod foydalanuvçi uni sahifasiga joylagandi.
"Menga yordam bering, iltimos. Bu naggetslar menga kerak!"
Kompaniya bu yozuvga emzodilar bilan izoh qoldirdi.
Uilkerson 18 million retvitga ega bölişi uçun qança vaqt kerak va kompaniya bir yillik zahira borasida hazil qildimi yoki yöq - hozirça noma'lum.
Bugungi kunga qadar Twitter foydalanuvçilarining heç biri bunday rekord körsatkiçga hatto yaqinlaşmagan ham. Hozirça eng maşhur tvit Ellen Dejyeneresning "Oskar" mukofotini topşiriş marosimidagi yozuvi hisoblanadi - u 3,2 milliondan ziyod marta retvitlangan.
Ikkinçi örinda - musiqaçi Lui Tomlinsonning 2,4 million retviti, uçinçi örinda - Ispaniyaning Elrubius geymerining birgina sözdan iborat ("Limonada") yozuvi 1,4 million foydalanuvçi tomonidan qöllab-quvvatlangan. Hillari Klintonning prezidentlik saylovlardagi mağlubiyatidan keyingi posti 1,2 million marta retvitlangan.
Rasmiy ma'lumotlarga köra, bugungi kunda Twitter auditoriyasi 320 million atrofida. Uilkerson bahs şartlarini bajarişi uçun taxminan har yigirmançi foydalanuvçining qöllab-quvvatlanişiga muhtoj.
Wendy’s restoranlarida 10 naggetsli katta porsiya narxi - 6,65 dollar, biroq u tarkibida içimlik va salat ham bölgan kombo-tuşlik körinişida beriladi. 6 naggetsli töplam esa - atigi 1,99 dollar.













