Xalqaro futbol federatsiyasi – FIFA 2018 yili Rossiyada bölib ötadigan futbol böyiça jahon çempionatini taşkil etiş va ötkazişga 1,948 mlrd AQŞ dollari miqdorida sarmoya kiritişni rejalaştirmoqda. Bu haqda taşkilotning 2016 yil yakunlariga doir moliyaviy hisobotida ma'lum qilingan. Hujjat taşkilot saytida joylaştirilgan. 

Xarajatlar borasida eng köpi 627 mln dollari joylarda musobaqalarni taşkil etişga sarflangan. Bu 2016 yilda umumiy sarflangan mablağlarning 32 foizini taşkil etadi. Musobaqa qatnaşçilariga berilgan mukofot pullari 400 mln dollardan iborat bölib, jami xarajatlarning 21 foizidir. 

Telekörsatuvlar işlab çiqarişga 12 foiz yoki 241 mln dollar mablağ sarflangan. Xarajatlarning 11 foizini, ya'ni 209 mln dollarini jahon birinçiliklarida iştirok etgan futbolçilarning klublariga tölovlar taşkil etadi. Boşqa xarajatlar (jamoalarning transport xizmati, hakamlarga tölovlar kabilar) 211 mln dollarni yoki ötgan yilgi jami sarflangan mablağlarning 11 foizini taşkil etgan. 

Eslatib ötamiz, JÇ-2018 kelasi yil 14 iyunidan 15 iyuliga qadar Rossiyaning 11 şahri: Moskva, Sankt-Peterburg, Qozon, Nijniy Novgorod, Saransk, Kaliningrad, Volgograd, Yekaterinburg, Samara, Soçi va Rostovdagi 12ta stadionda bölib ötadi.