Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniya qurolli kuchlari AQShning Suriyaga zarbalar berishida ishtirok etmaydi
Germaniya qurolli kuchlari (Bundesver) AQShning Suriya hukumat qo‘shinlari pozitsiyalariga yangi zarbalar berishida ishtirok etmaydi. Bu haqda Germaniya mudofaa vaziri Ursula fon der Lyayyen SWR radiostansiyasi efirida ma'lum qildi.
Fon der Lyayyenning aytishicha, Bundesver oldiga G‘arb koalitsiyasining IShID terrorchilik guruhiga qarshi kurashi davomida razvedka olib borish vazifasi qo‘yilgan. "Men ta'kidlab o‘tmoqchiman, IShIDga qarshi kurash doirasida. Bu mutlaq oydin vazifa va biz uning doirasida harakat qilamiz", deb aytgan fon der Lyayyen.
Vazirning aytishicha, bu vazifa Suriyada kimyoviy qurol qo‘llanishi masalasi va Bashar Asad faoliyatiga aloqasi yo‘q.
IShIDga qarshi G‘arb koalitsiyasi operatsiyasida nemis harbiy mutaxassislari NATOning AWACS radiolokatsion razvedka samolyotlari ekipajini shakllantirish bilan mashg‘ullar. Berlin, shuningdek, Turkiyadagi Injirlik bazasida joylashtirilgan 6 ta "Tornado" razvedkachi samolyoti bilan ko‘mak ko‘rsatadi. Bundan tashqari, Bundesver instruktorlari iroqlik kurdlarni o‘qitadilar.
Mavzuga oid
15:53
Daniya va AQSh Grenlandiya masalasida murosaga kela olmadi
14:27
Yaqin Sharqda keskinlik: AQSh bazalardagi shaxsiy tarkibni qisqartirmoqda
10:33
AQSh O‘zbekiston fuqarolariga ham immigratsion viza berishni to‘xtatdi
10:16