Mercedes-Benz kompaniyasi qayta işlangan S-Class haqida yangi ma'lumotlarni oşkor etdi hamda içki körinişi tasvirlangan suratlarni e'lon qildi (rasmiy fotosuratlarda avtomobil ruli yopiq, biroq «Avtorevyu» gazetasi rul oçiq holatda turganiga oid bir neça tasvirlarni taqdim etdi). Model yarim avtonom boşqaruv tizimiga ega böldi.

«Avtopilot» avtomobilni şosseda boşqarişi mumkin. Haydovçi ma'lum bir polosani körsatişi kifoya, şundan söng xavfsizlikka işonç hosil qilgan elektronika ham tegişli harakatlarni amalga oşira oladi.

Bundan taşqari, tizim avtonom harakat vaqtida GPS ma'lumotlariga tayanadi va tezlikni avvaldan pasaytirişi mumkin. Elektronika yöl belgilarini farqlaş funksiyasiga ega bölgani uçun tezlikni çeklovlarga asosan özgartiriş imkoniga ega.

S-Class’ning yana bir yangi tizimi Car-to-X bölib, u avtomobilni haydovçining boşqa maşinalari va yöl infratuzilmasi bilan “muloqoti”ga möljallangan. Birinçi holatda bu turli harakatlar haqida ma'lum alişiş bölsa, ikkinçisida – svetoforning qizil çiroği haqida ma'lumot berişdir.

Şuningdek S-Class körinmaydigan hududlarni nazorat qiliş böyiça faol tizim bilan jihozlanadi. U soatiga 200 kilometrgaça qadar bölgan tezlikda işlaydi, kiçik tezlikda esa (30 kilometrgaça) yon tomondan töqnaşuv xavfi ostida avtomatik tarzda töxtaşi mumkin. Yangilikda smartfondan faollaştiriş mumkin bölgan avtoturargohga joylaştiriş funksiyasi ham böladi – avtomobil ilova yordamida belgilangan joyda töxtaşi yoki avtoturargohdan olib çiqilişi mumkin.

Model xavfsizlik tizimi röyxati Evasive Steering Assist funksiyasiga ham ega böladi. Bu favqulodda holatlarda rul boşqaruviga avtomatik tarzda aralaşişdir – şu tariqa elektronika haydovçiga töqnaşuvdan qoçişga yordam beradi. Biroq u faqatgina harakat haydovçi tomonidan amalga oşirilsagina işlaydi.

Avvalroq «Meredeses» model motoridagi özgarişlar haqida ma'lum qilgandi. Unga köra, modelda 4,7 litrli “sakkiztalik” örniga tört litrli ikkita turbinaga ega V8 paydo böladi. 

Taxminlarga köra, yangilangan S-Class premerasi aprel oyida Şanxay yoki Nyu-Yorkdagi avtoşouda bölib ötadi.