Suriya harbiy-havo kuçlari AQŞ tomonidan raketa zarbasidan keyin bir kun ötib Şayrat aerodromidan parvozlarni amalga oşirişni qayta yölga qöydi. Bu haqda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar bermoqda.    

"Aviabaza işçi tartibda işlamoqda. Samolyotlar qöyilgan vazifalarni bajarmoqda va terrorçilarga zarba beriş uçun jangovar parvozlarni amalga oşirmoqda", deb aytdi Suriya armiyasining aviabazadagi zobiti.

Avvalroq RIA “Novosti” axborot agentligi muxbiri aerodromdan havoga kötarilgan barça samolyotlar beşikast bazaga qaytganini ma'lum qilgandi. 

7 aprelga ötar keçasi AQŞ harbiy-dengiz kuçlari Örta yer dengizidagi kemalardan Şayrat aviabazasiga 59 ta qanotli raketa bilan zarba bergandi.