Suriya prezidenti Başar Asad Eron prezidenti Hasan Ruhoniy bilan telefon orqali muloqot ötkazdi. SANA xabariga köra, bu muloqot eronliklar tomoni taşabbusi bilan taşkil qilingan.

Asad suhbat davomida amerikaliklar aviazarbalar orqali öz maqsadlariga erişa olmasligini aytib ötgan. Uning sözlariga köra, AQŞ bu hujum orqali Suriyadagi jangarilarning ruhini kötardi.

Ruhoniy esa terrorizmga qarşi kuraşda Damaşq bilan hamkorlik davom ettirilişini ma'lum qilgan. U AQŞ Suriya aviabazasini bombalaş orqali mamlakat suverenitetini va xalqaro qonunçilik tamoyillarini qöpol ravişda buzgani haqida fikr bildirgan.

Bundan oldinroq Turkiya Rossiyani Başar Asadni qöllab-quvvatlaşni bas qilişga çaqirgani xabar qilingandi.