Germaniya Taşqi işlar vaziri Zigmar Gabrielning fikr bildirişiça, Suriyadagi mojaroni Rossiya iştirokisiz bartaraf etib bölmaydi. Bu haqda uning Bild uçun bergan intervyusida aytilgan.
"Men rossiyalik hamkasbim Sergey Lavrov bilan qalin aloqalarni davom ettiraman. Moskva iştirokisiz Suriya muammosini hal etib bölmaydi. Menda Rossiya Asadni abadiy himoya qiladi, degan tasavvur yöq", degan u.
Uning fikriça, mavjud ziddiyatni "AQŞ, Rossiya va mintaqadagi boşqa asosiy öyinçilar iştirokidagi siyosiy muzokaralar orqali" hal qiliş va insonlarning uqubat çekişiga çek qöyiş mumkin.
Yangi eskalatsiyaga yöl qöymaslik
Vazirdan iş AQŞ va Rossiya örtasida oçiq uruş boşlanib ketişi ehtimoli haqidagi fikri söralgan.
"Yöq. AQŞ öz harbiy rejalaridan Rossiyani voqif etib bormaganida ham şu fikrni aytardim", degan u.
Şu bilan birga hozirda xalqaro maydonda "sovuq uruş davridan buyon eng tarang vaziyat yuzaga kelgani"ni qayd etib ötgan.
"Barça tomonlar hozirda huşyor turişi kerak. Bizga navbatdagi eskalatsiya kerak emas", degan GFR TIV rahbari.
Vazir Germaniya hukumati Idlibda Başar Asad hukumati kimyoviy qurol qöllagan degan fikrda ekanini ma'lum qilib ötgan.
U BMT va kimyoviy qurollar qöllanişiga qarşi taşkilotning mutaxassislari vaziyat yuzasidan tekşiruvlar ötkazişi kerakligini ta'kidlagan.
Şu bilan birga u Germaniya AQŞning Suriya armiyasi pozitsiyalariga qarşi navbatdagi hujumlarda iştirok etişi ehtimolini rad etgan.
"Bundestag qabul qilgan mandat faqat IŞIDga qarşi kuraşni nazarda tutadi, biz Suriyaga qarşi uruşmaymiz", degan u.
Başar Asad davri ortda qoldi
"Men juda ham umid qilamanki, xalqaro hamjamiyat körsatadigan bosim Başar Asad tuzumiga xalqaro tartiblarni buzgan holda aholiga zaharli gaz qöllaşga va beayb odamlar, ayollar va bolalarni öldirişga yöl qöymaydi", deya davom etgan germaniyalik vazir.
"Kimyoviy qurol qöllanişi - bu xalqaro normalarning qöpol ravişda buzilişidir. Asadning jallodlari işi harbiy jinoyatdir", degan u.
"Ayni vaqtda köplab kişilar Asad rejimidan aziyat çekmoqda. Men işonamanki, ertami keçmi Asad jinoyatlari uçun javobgarlikka tortiladi. Uning davri ortda qolmoqda", degan vazir.













