Gretsiyada 2016 yilda daromad juda kam bölgani bois har uçinçi fuqaro heç qanday soliq tölamagani ma'lum böldi. Bu haqida mamlakat Moliya vazirligi ma'lumotlariga asoslanib, "Vima" gazetasi xabar berdi.
Gap soliqlardan böyin tovlaşdami yoki Gretsiyadagi uy xöjaliklari köp yillik inqiroz sabab haqiqatda daromadlarini yöqotişdimi - masala şunda.
Naşr ma'lumotlariga köra, Moliya vazirligi 2016 yilda 8 645 596 soliq deklaratsiyasini qayta işlagan.
"10 kişidan 9 nafari 20 ming yevrodan kam bölgan daromadni qayd etgan, soliq tölovçilarning 31,8 foizi esa, umuman heç qanday soliq tölamagan", - deb yozadi gazeta.
2015 yilda daromad 73,9 milliard yevro bölgan bölsa, 2016 yilda bu körsatkiç 74,2 milliardni taşkil qildi. Şunga qaramay, örtaça soliq 3 foizga oşgan bir vaqtda örtaça daromad 1,1 foizga kamaydi.
Gretsiya fuqarolari 2016 yilda 8,2 milliard yevro, 2015 yilda esa - 7,8 milliard yevro hajmdagi kirim uçun soliq tölaşgan. 2016 yilda daromadning umumiy summasi 2015 yilga nisbatan 400 million yevroga oşgan, soliqlar esa yanada ösgan.
2016 yilgi deklaratsiyalarning körsatişiça, soliq tölovçilarning 14,6 foizi yoki 1,263 million kişi heç qanday daromad olmagani ma'lum bölgan. Bu, qoidaga köra - bolalar, talabalar, uy bekalari. 32 foiz aholi yoki 2,767 million kişi 5 ming yevrodan kam bölgan daromadga ega ekanini ma'lum qilgan va tabiiyki, ular ham soliq tölaşmagan.
Şuningdek sönggi beş yilda oyiga ming yevrodan kam daromad oluvçi kişilar soni 49 foizdan 64,11 foizga ösgan.











