Jamiyat | 14:36 / 09.04.2017
43430
2 daqiqa o‘qiladi

Hindistonlik teleboshlovchi jonli efirda o‘z turmush o‘rtog‘ining o‘limi haqidagi yangilikni o‘qidi

Hindistondagi IBC24 telekanali suxandoni Suprit Kaur o‘z turmush o‘rtog‘i o‘limiga sababchi bo‘lgan YTH haqidagi yangilikni o‘qidi. Bu haqda The Times of India nashri xabar tarqatdi.

U yangiliklarni o‘qiyotganida lentada 3 kishining o‘limiga sabab bo‘lib, 2 kishi jarohatlangan yo‘l transport hodisasi haqida ma'lumot kelib tushadi. Kanal muxbiri voqea joyidan xabar bergandi. 

Nashrning yozishicha, boshlovchi bu o‘z turmush o‘rtog‘i safarga yo‘l olgan avtomobil ekanini anglaydi, lekin o‘zini tutib turadi va ishini oxiriga qadar davom ettiradi.

Efir tugagach, Kaur studiyadan chiqadi va muxbirga telefon qiladi. Shunda u o‘z turmush o‘rtog‘ining vafot etgani haqida aniq biladi va o‘zini yo‘qotadi.

"Bu har qanday inson uchun dahshatli hodisa. Ammo Suprit o‘zini tuta oldi va ishiga sodiqligini ko‘rsatdi. Biz u bilan faxrlanamiz", — degan kanal xodimlaridan biri.

 

Kaur va Xarsad Kavade bundan bir yil oldin turmush qurgan edi.

Mavzuga oid