Jahon | 00:51 / 01.04.2020
53074
1 daqiqa o‘qiladi

Teleboshlovchi koronavirus haqidagi xabarlar vaqtida yig‘lab yubordi (video)

Amerikalik teleboshlovchi Xoda Kotb yangiliklar dasturi vaqtida ta'sirlanib, yig‘lab yubordi. Kotbni amerikancha futbol o‘yinchisi Dryu Bris bilan suhbat ta'sirlantirgan.

Videodan kadr

Efirning shu qismiga CNN telekanali e'tibor qaratgan. 

Ta'kidlanishicha, sportchi Luiziana shtatiga koronavirus pandemiyasi va uning oqibatlarini yengishda odamlarga yordam tariqasida 5 mln dollar xayriya qilgan.

Teleboshlovchi sportchiga bu saxiyligi uchun minnatdorlik bildirib, uning xayr-ehsoni boshqa odamlarni ham shunday yo‘l tutishga undashini aytgan. “Dryu, biz seni yaxshi ko‘ramiz!”, deb aytgan teleboshlovchi va shundan keyin yoshlarini tiya olmagan hamda tomoshabinlardan bu uchun uzr so‘ragan. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов

Mavzuga oid