Ukraina hukumatining Jahon banki moliyalaştirayotgan infratuzilmaviy va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlaniş loyihalari doirasidagi işi oldinga juda sekin siljimoqda. Bu haqda Jahon bankining Ukraina, Belarus va Moldova böyiça direktori Satu Kaxkonen ma'lum qildi.
"Afsuski, barça loyihalar ham istalgandek tez bormayapti. Muammo odatdagidek, samarasiz boşqaruvda. Samarasizlikning sababi esa ikkita bölişi mumkin: yo mablağlarning nooqilona ajratilişi, yoki tender jarayonlarini taşkillaştiriş va ötkazişdagi muammolar. Loyihalarning amalga oşirilişiga javobgar bölgan vazirliklar, afsuski, juda sekin va samarasiz işlamoqda. U yoki bu işlarning bajarilişi uçun şartnomalarning imzolanişi ança çözilmoqda va demak, loyihalarning amalga oşişi uşlanmoqda", deb aytgan Kaxkonen.
Kaxkonenning fikriça, Ukrainada hukumatning özgarişi ham loyihalarning amalga oşirilişiga salbiy ta'sir qilgan.
Kaxkonenning eslatişiça, joriy yilda Jahon banki "Naftogaz Ukrainy" kompaniyasiga Yevropadagi yetkazib beruvçilardan tabiiy gaz sotib olişi uçun 500 mln dollarlik kredit bergan. Şuningdek, may oyida 150 mln dollarlik kredit liniyasi muhokamaga qöyiladi. Bu mablağlar Ukrainadagi kiçik va örta tadbirkorlikni qöllab-quvvatlaşga yönaltiriladi.
Ukraina Jahon bankidan eng köp kredit olgan 10 ta davlatdan biridir. Jahon banki, Xalqaro rekonstruksiya va taraqqiyot banki Xalqaro moliya korporatsiyasi bilan birga 2014-2016 yillarda Ukrainaga 6,5 mlrd dollar ajratgan.












