Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh politsiyasi Trampga tahdid qilayotgan erkakni qidirmoqda
AQShning Viskonsin shtatida 150 nafar politsiyachi o‘qotar qurol sotiladigan do‘konni tunashda va AQSh prezidenti Donald Trampga tahdid qilishda gumon qilinayotgan 32 yoshli Jozef Yakubovskini qidirmoqda. Bu haqda ABC News telekanali xabar bermoqda.
"Tergovga mahalliy va federal darajadagi 150 nafar politsiyachi jalb qilindi", deb aytdi politsiya vakili Roka Troy Knudson.
Politsiya ma'lumotlariga ko‘ra, Yakubovski qurol do‘konidan bir nechta miltiq o‘g‘irlagan, so‘ngra o‘z mashinasiga o‘t qo‘yib, yashiringan. Erkak Oq uyga 161 sahifalik dasturiy memorandum jo‘natgan. Bu memorandumda uning hukumatdan noroziligi ham bildirilgan.
Federal qidiruvlar byurosining mahalliy bo‘limi jinoyatchining joylashgan o‘rni haqidagi istalgan aniq ma'lumotga 10 ming dollar berishga va'da qilgan.
Mavzuga oid
09:02 / 20.06.2026
Netanyahu Trampga bosim o‘tkazishi mumkin - AQSh razvedkasi
22:39 / 19.06.2026
Tushunarsiz kelishuv: Tehron uni «Amerika ustidan g‘alaba» deb talqin qilmoqda
21:38 / 19.06.2026
AQSh va Eron o‘rtasida Shveytsariyadagi muzokaralar o‘tkazilmaydigan bo‘ldi
20:51 / 19.06.2026