AQŞda xorijda yaşovçi özbek oilalarini psixologik va axborot jihatdan qöllab-quvvatlaşga qaratilgan Moslashuv markazi USA nomli yangi platforma işga tuşirildi.
Loyiha taşabbuskori Ogayo ştatida istiqomat qilayotgan vatandoş, psixologiya fanlari doktori, dotsent va amaliyotçi psixolog Abduraşid Turğunov hisoblanadi.
Platformaning asosiy maqsadi AQŞdagi hayotga moslaşiş jarayonida özbek oilalariga amaliy yordam körsatiş, er-xotin, ota-ona va farzandlar örtasidagi soğlom munosabatlarni saqlaş, şuningdek, maişiy va oilaviy nizolarning oldini olişdan iborat.
Loyiha muallifining ta’kidlaşiça, oilalarda uçraydigan köplab muammolar mehr-muhabbat yoki özaro hurmat yetişmasligidan emas, balki samarali muloqot qiliş, his-tuyğularni boşqariş va muammolarni konstruktiv hal etiş könikmalarining yetarli emasligidan kelib çiqadi.
Platformada er-xotinlar örtasidagi muloqot, hissiyotlarni boşqariş, farzand tarbiyasi, oilaviy nizolarni hal etiş, migratsiyaning oilaviy munosabatlarga ta’siri hamda AQŞning oilaviy qonunçiligiga rioya qilişga bağişlangan materiallar muntazam e’lon qilib boriladi.
Şuningdek, xorijga köçib ötgan vatandoşlarning yangi jamiyatga tezroq moslaşişi, oilada soğlom muhitni saqlaşi va zarur psixologik yordamga öz vaqtida murojaat qilişiga xizmat qiladigan amaliy tavsiyalar ham taqdim etiladi.
Ta’kidlanişiça, platforma faoliyati Özbekistonning Nyu-Yorkdagi Boş konsulxonasi tomonidan vatandoşlarni qöllab-quvvatlaş, oila institutini mustahkamlaş va milliy oilaviy qadriyatlarni asrab-avaylaş böyiça amalga oşirilayotgan işlar bilan uyğun tarzda yölga qöyilgan. Şu maqsadda loyiha muallifi Abduraşid Turğunov bilan yaqin hamkorlik örnatilgan.











