Dunyo geosiyosat maydonida keskinlik oşgani neft narxiga ijobiy ta'sir körsatmoqda. 10 aprel kungi savdolarga oid ma'lumotlar şundan darak bermoqda.
Toşkent vaqti bilan soat 10:12dagi iyun oyida yetkazib beriş şarti bilan amalga oşirilgan fyuçers savdolarda Şimoliy dengizning Brent navli nefti 0,22 foiz qimmatlaşib, bir barreli 55,36 dollarni taşkil etdi. WTI neftining may oyi fyuçerslari 0,34 foiz qimmatlaşib, bir barreli 52,42 dollarga yetgan.
"Şubhasiz, neft geosiyosiy xavotirlar sababli qimmatlaşmoqda", — deya NAB Group iqtisodçisi Fin Zibell fikrini keltiradi The Wall Street Journal naşri.
Neftning keskin qimmatlaşuviga Baker Hughes kompaniyasining Amerikadagi neft qazib oliş burğulariga doir ma'lumotlar imkon bermadi. Ötgan hafta yakunlariga köra, AQŞdagi neft qazib oluvçi burğular soni 15 donaga ortib, jami 893 donaga yetgan.












