Xalqaro kosmik stansiyasi ekipajining 3 nafar a'zosi Qozoğistonga qöndi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti agentligi.
"Roskosmos" fazogirlari Sergey Rijikov va Andrey Borisenko hamda NASA astronavti Robert Şeyn Kimbrou Yerga muvaffaqiyatli qöndi. Ular 173 kun fazoda qolişdi.
Bortida atigi ikki nafar fazogir bölgan "Soyuz MS-04" parvozi Boyqönğir kosmodromidan 20 aprelda amalga oşirilişi belgilangan. Unda "Roskosmos" kosmonavti Fyodor Yurçixin va NASA astronavti Jyek Fişer fazoga kötariladi. Fazo kemasi XKSga 70 kgli yukni ham yetkazadi.












