Misrda Tanta va Iskandariyadagi çerkovlarda sodir etilgan portlaşlar sababli 3 kunlik motam e'lon qilindi. Bu haqda "Dot Masr" yangiliklar portali ma'lum qildi.

Misrda 9 aprelda bir neça soatlik farq bilan ikkita portlaş sodir etildi. Birinçi portlaş ertalab Tanta şahrining boş çerkovida sodir etilgan. Bu yerda 31 kişi halok bölgan, önlab odamlar jarohat olgan. Portlaşni ibodat vaqtida çerkovga kirib olgan xudkuş amalga oşirgan.

Keyinroq Misrning yirikligi böyiça ikkinçi şahri hisoblangan Iskandariyada ham xudkuş çerkovga kiraverişda özini portlatgan. Bu vaqtda çerkovda kopt patriarxi Tavadros II bölgan. Bu teraktda halok bölganlar orasida 4 nafar politsiyaçi bor bölib, ular özlarining hayotlari evaziga xudkuşni töxtatib, uning çerkovga kirişiga yöl qöymaganlar. Buning evaziga köproq qurbonlar bölişining oldi olingan.