Shvetsiya politsiyasi terakt ijrochisini ushlaganini ta'kidlamoqda
Shvetsiya politsiyasi o‘zbekistonlik 39 yoshli Rahim Oqilov Stokholmdagi terakt ijrochisi ekanligiga ishonchi komil ekanligini aytmoqda. Bu haqida Davlat politsiyasi rahbari Dan Eliasson matbuot anjumanida bildirib o‘tgan, deb xabar beradi TASS
Ilgariroq qo‘lga olingan shaxsning o‘zi ham Kungsxolmen tumanidagi Kronoberg tergov izolyatorida o‘tkazilgan tergov davomida jinoyatiga iqror bo‘lgan. U IShID terrorchilik tashkiloti buyrug‘iga ko‘ra harakat qilganini aytib o‘tgan.
Politsiya shuningdek, teraktning ehtimolli ijrochisi va bu ish bo‘yicha qo‘lga olingan ikkinchi odam o‘rtasida bog‘liqlik borligini ham aniqlagan. "Biz 39 yoshli qo‘lga olingan inson o‘rtasida bog‘liqlik borligini aniqlaydik. Hozircha bundan ortig‘ini oshkor eta olmaymiz", — degan Eliasson.
Xavfsizlik politsiyasi Stokholmda yuz bergan terakt uchun o‘ch olishlaridan xavfsirab, hanuzgacha o‘ng ekstremistlarni kuzatishda davom etmoqda. "Bu insonlarning aksariyati norozi, bunday doiralarda ko‘p ishlar bo‘ladi", — degan politsiya rahbari Anders Tornberg. Uning so‘zlariga ko‘ra, 600 ga yaqin tergov o‘tkazilgan. Hali oldinda qilinadigan ishlar juda ko‘p, surishtiruv ishlari bir yilga cho‘zilishi mumkin, degan politsiyadagilar
Yakshanba kuni o‘tgan matbuot anjumanida tartib posbonlari teraktga aloqadorlikda gumonlanib, besh kishi qo‘lga olinganini aytishgan edi.
7 aprel kuni olib qochilgan yuk mashinasi Stokholm markazidagi faqat piyodalar uchun mo‘ljallangan Drottninggatan ko‘chasida 550 metr yurib, insonlar ustiga haydalgan. Politsiya ma'lumotlariga ko‘ra, 15 kishi jarohatlangan, to‘rt inson hayotdan ko‘z yumgan.
Shvetsiya politsiyasi Stokholmdagi terakt ijrochisining O‘zbekiston fuqarosi ekanligini tasdiqladi
Stokholmdagi terakt ijrochisi aybini tan oluvchi ko‘rsatmalar berdi
Foto: Stokholmdagi terakt ijrochisi sifatida gumon qilinayotgan shaxs qo‘lga olindi
Tavsiya etamiz
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
Mafkuralar kurashi: 9 may aslida qanday kun?
O‘zbekiston | 14:22 / 09.05.2025
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Payshanba kuni Turkiyada kutaman». Zelenskiy Putinni shaxsan uchrashishga taklif qildi
Jahon | 22:43 / 11.05.2025
-
Rossiyada ma’muriy javobgarlikka tortilgan relokantlar mulkini musodara qilish boshlanadi
Jahon | 22:17 / 11.05.2025
-
Xitoy Yerning elektromagnit maydonini kuzatish uchun 3 ta sun’iy yo‘ldoshni orbitaga uchirdi
Jahon | 21:52 / 11.05.2025
-
«Barsa» 7 ta gol urilgan klasikoda g‘alaba qozonib, amalda chempionlik masalasini hal qildi
Sport | 21:21 / 11.05.2025
Mavzuga oid

21:20 / 10.05.2025
Shvetsiya elektromobillarni quvvatlantiradigan yo‘llarni quradi

10:40 / 05.05.2025
Braziliya politsiyasi Ledi Gaga konsertidagi teraktning oldini oldi

22:46 / 03.05.2025
Shvetsiya migrantlarga vataniga qaytishi uchun 32 ming yevro to‘laydi

08:37 / 25.04.2025