Amerikaning Tesla avtomobil işlab çiqaruvçisi Xitoyning Guandun viloyatida öz mablağlari hisobidan zavod qurişni rejalaştirmoqda. Bu haqda "Nanfan duşi" gazetasi xabar berdi.

"Korxona joylaşadigan joy tanlab bölindi, loyiha esa hokimiyat tomonidan tasdiqlanişi kerak, xolos. Agarda bu amalga oşsa, Tesla öz rejalari haqida joriy yildayoq ma'lum qilişi mumkin", - deb yozadi naşr.

"Tesla mahsulotidan kelajakda kamroq yiğimlar olinadi, şuningdek kompaniya Guandun viloyati hukumati tomonidan qöllab-quvvatlanadi", - deya yozdi "Nanfan duşi". Sarmoyalar hajmi, uni amalga oşiriş muddati va loyiha boşqa tafsilotlari noma'lum.

Gazeta ma'lumotiga köra, 2017 yilning birinçi çoragida kompaniya 25 ming dona avtomobil sotgan, ularning 13 mingtasi Model S sedani va 12 mingtasi Model X yöltanlamaslaridan iborat. 

Ma'lumot uçun, 2003 yilda taşkil etilgan Tesla elektromobillar işlab çiqarişga ixtisoslaşgan. 2016 yil yakunlariga köra kompaniya 7 milliard dollar daromad olgan bölsa, zarar miqdori 773 mln. dollarga teng böldi.