9 aprel kuni Döstobod şaharçasida Özbekiston Respublikasi Prezidenti devonining Jismoniy va yuridik şaxslarning murojaatlari bilan işlaşni nazorat qiliş va muvofiqlaştiriş xizmati, Özbekiston Respublikasi Prezidentining Toşkent viloyati Quyçirçiq, Çinoz hamda Oqqörğon Xalq qabulxonalari tomonidan aholi uçun sayyor qabul taşkil etildi.

Unda Özbekiston Respublikasi Prezidenti devonining Jismoniy va yuridik şaxslarning murojaatlari bilan işlaşni nazorat qiliş va muvofiqlaştiriş xizmati mas'ul xodimlari, Oliy sud, Oliy xöjalik sudi, Boş prokuratura, Oliy va örta maxsus ta'lim, Favqulodda vaziyatlar, Xalq ta'limi, Soğliqni saqlaş, Içki işlar, Mudofaa, Moliya, Mehnat, Adliya vazirliklari va boşqa qator idoralar rahbarlari, tegişli boşqarma va taşkilotlar vakillari iştirok etdi.

Sayyor qabul davomida Özbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasi va Xalq qabulxonalariga tumanlar aholisi tomonidan yöllangan murojaatlar atrofliça körib çiqildi. Xususan, 8 aprel holatiga Quyiçirçiq tumani böyiça murojaatlar soni jami 1 859 tani taşkil qildi. Şundan 1 803 tasi jismoniy şaxslardan, 56 tasi yuridik şaxslardan kelib tuşgan. Murojaatlarning 88,4 foizi körib çiqilgan bölib, hozirda 11,6 foiz murojaat körib çiqiliş jarayonida.

Çinoz tumani böyiça murojaatlar soni jami 2 028 tani taşkil qiladi. Şundan 1 942 tasi jismoniy şaxslardan, 86 tasi yuridik şaxslardan kelib tuşgan. Kelib tuşgan murojaatlarning 90,6 foizi körib çiqilgan bölib, 9,4 foizi körib çiqiliş jarayonida.

Oqqörğon tumani böyiça murojaatlar soni jami 1 923 tani taşkil qiladi. Şundan, 1 859 tasi jismoniy şaxslardan, 64 tasi yuridik şaxslardan kelib tuşgan. Murojaatlarning 90,4 foizi körib çiqilgan bölib, 9,6 foizi körib çiqiliş jarayonida.

Tumanlardan kelgan murojaatlar sohalar böyiça örganilganda, ularning asosiy qismi uy-joy oliş va uy-joy quriş uçun yer ajratiş, fuqarolikni qabul qiliş va fuqarolikdan çiqiş, pasport oliş va propiskaga ötiş, moddiy yordam, iş haqi, pensiya ta'minoti hamda bolalar nafaqasini oliş, mehnat va bandlik, elektr va gaz ta'minoti, bank-moliya kabi masalalarga oid ekani aniqlandi.

Sayyor qabulda tumanlar fuqarolari tomonidan yöllangan 130 dan ziyod murojaatlar har tomonlama tahlil qilinib, ularning yuzaga keliş sabablari örganildi. Fuqarolar va tadbirkorlar özlarini qiynayotgan muammolar yuzasidan bevosita tegişli sohalarga mas'ul bölgan rahbarlarga bevosita murojaat qiliş va ular yuzasidan javob oliş imkoniga ega böldi.

Murojaatlarning aksariyat qismi joyida yeçimini topdi, qöşimça örganiş va vaqt talab qiladigan murojaatlar böyiça mutasaddi idora va taşkilotlar vakillariga topşiriqlar berildi.