Amerikaning United Airlines aviakompaniyasi mijoziga nisbatan kuç işlatgan politsiyaçi xizmatdan çetlatildi. Bu haqda New York Times gazetasi xabar berdi.
Eslatib ötamiz, hodisa Çikagodan Luisvillga parvoz qilişi kerak bölgan samolyot bortida yuz berdi - ötiriş joylarining yetişmasligi sabab yölovçini majburlab joyidan qözğatişdi. Hammasi bölib tört nafar yölovçi şunday holatga duç kelgan. Ularga tovon puli sifatida 400 dollar va mehmonxonada bir kunni ötkaziş taklif qilindi. Ikki kişi samolyotni özlari tark etgan bölsa, bir yölovçi buni qilişdan boş tortdi, natijada huquq-tartibot idoralari xodimlari çaqirtirilgan.
Internetda esa yölovçini kuç bilan joyidan qözğatişayotgani tasvirlangan video paydo böldi. "Qarang, ular nimalar qilayapti! Bu dahşat", - deya baqirgan yölovçilardan biri.
United Airlines vakili Çarli Xobartning xabar berişiça, yölovçidan samolyotni tark etiş haqida “bir neça bor xuşmuomalalik bilan söralgan”. "Biz politsiyani çaqirişga majbur böldik", - deya qöşimça qilib ötgan aviakompaniya vakili.
Çikago aviatsiya departamenti esa hodisa “iş standartlariga töğri kelmaydi” deya ma'lum qildi, yölovçini kuç işlatgan holda reysdan çiqarib yuborgan politsiyaçi esa vaqtinçalik çetlatildi.













