Belgiyaning Meyze şahridagi botanika boğida kamyob holat kuzatildi – bu yerda “murda gul” deya ataluvçi (Titan Arum yoki Amorphophallus titanum) ikkita gul gullagan. Bu haqda RTBF teleradiokompaniyasi xabar berdi.
Dunyodagi eng katta, deya hisoblanuvçi ösimlik balandligi 143 santimetrni taşkil etişi mumkin.
Titan Arum bunday nomni özidan tarqaluvçi badböy hid tufayli olgan. Faqatgina römolça yordamida yaqindan turib tomoşa qiliş mumkin bölgan bu gul sariq rangdagi katta markaziy qismga ega bölib, uning balandligi uç metrgaça yetişi mumkin.
Har 5-10 yilda bir marta va atigi 72 soat davomida gullovçi yirik-ösimlikning oğirligi yuz kilogrammga yetişi mumkin.
Titan Arum Indoneziyaning Sumatra orolida 1878 yilda ilk bora uçratilgan. Uni dunyodagi bir neça botanika boğlaridagina sun'iy ravişda östirişga erişişgan.
















