Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 3 apreldagi 173-sonli "Xorijiy mamlakatlarda berilgan ta'lim haqidagi hujjatlarni tan oliş va nostrifikatsiya qiliş tartibiga oid Nizomga tuzatiş va qöşimçalar kiritiş töğrisida"gi qarori çop etildi.

Ta'kidlaş joizki, ta'lim töğrisidagi xorijiy hujjatlar Özbekistonda tan oliş yoki nostrifikatsiya qiliş yöli orqali yuridik kuçga ega böladi.

Maktab hujjatlarini tan oliş uçun qayerga boriş kerak?

Hujjat töliq örta (töliq bölmagan, örta) ta'lim (10-12 sinflar) töğrisidagi hujjatlarni tan oliş tartibiga aniqlik kiritdi. Umumiy örta ta'lim töğrisidagi hujjatlardan farqli ölaroq, ular Xalq ta'limi vazirligi tizimining maxsus komissiyasi emas, Oliy ta'lim vazirligiga böysunuvçi Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrining örta-maxsus, professional ta'lim hududiy boşqarmalarida tuzilgan komissiyalar tomonidan tan olinadi.

Şuningdek, mazkur hujjatlar Özbekistonda qanday darajaga muvofiq ekani belgilab berildi:

Tan oliş va nostrifikatsiya uçun qanday yangi hujjatlar topşiriş kerak?

Tan oliş yoki nostrifikatsiya haqidagi arizaning yangi şakli tasdiqlandi. Bundan taşqari, unga biriktirilgan hujjatlar röyxatiga quyidagilar qöşildi:

- arizaçining şaxsini tasdiqlovçi hujjat nusxasi;

- tan oliş va nostrifikatsiya uçun tölov kiritilganini tasdiqlovçi hujjat.

Qanday holatlarda hujjat tan olinmasligi mumkin?

Ta'lim töğrisidagi hujjatning tan oliniş talablariga xorijiy ta'lim muassasasidagi ta'lim şaklining Özbekistondagi tizim şakliga muvofiqligi ham qöşildi. Masalan, Özbekistonda muayyan mutaxassisliklar böyiça sirtqi ta'lim şakli taqiqlangan bir paytda sirtqi ta'lim töğrisidagi xorijiy diplomlar tan olinmaydi.

Qanday hollarda nostrifikatsiyada imtihon topşirilmaydi?

Çet ellarda ta'lim olgan bitiruvçilar hujjatlari nostrifikatsiyasi quyidagi holatlarda töğridan-töğri (maxsus sinovlarsiz) amalga oşiriladi:

- Özbekiston Respublikasining xalqaro bitimlari, Prezident hujjatlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari, buyruqlari va protokol qarorlariga asosan ta'lim olganlar;