Germaniyaning Mercedes kompaniyasi tepa qismi oçiluvçi Mercedes-Maybach 6 kontseptini taqdim etdi. Yangi avtomobil Pebbl-Biç (AQŞ)da nafislik tanlovi doirasida namoyiş qilindi. Ta'kidlaş joizki, 2016 yilda bu yerda Mercedes-Maybach 6 kupesi taqdim etilgan edi. "Avtonovosti dnya" naşri şu mavzuga töxtaldi.
Yangi avtomobilning uzunligi - 5,7 metr, eni esa 2 metrdan oşadi. Tepa qismi taxlanuvçi kabriolet bunday salmoqli ölçamlarga qaramay, atigi ikki örinlidir. Agar kontsept-kar seriyali işlab çiqarişga berilsa, nemis kabrioleti bozorda Britaniyaning Rolls-Royce Wraith avtomobili bilan raqobatlaşadi.

Avtomobil öz dizayni bilan ötgan asrning 40-50-yillaridagi klassik modellarni yodga solgan bölsa, uning içki qismi sönggi texnologiyalarga muvofiq ravişda işlangan. Kabrioletning içida muqobil jihozlar örniga sensor ekranlar örnatilgan bölib, avtomobil tizimlari aynan şular orqali boşqariladi.


















