Sport | 18:09 / 11.04.2017
7367
2 daqiqa o‘qiladi

«Lokomotiv» «Istiqlol» bilan o‘yinda g‘alabani qo‘ldan chiqardi (Video)

Osiyo chempionlar ligasining 4-turi doirasida «Lokomotiv» o‘z maydonida Eronning «Istiqlol» klubini qabul qildi. Uchrashuv davomida oldinda borgan mezbonlar o‘yin oxirida gol o‘tkazib yuborib, g‘alabani qo‘ldan chiqardi. 

Uchrashuv «temiryo‘lchilar» jamoasining tashabbusi bilan boshlandi va 14 daqiqada Marat Bikmayev tomonidan hisob ochildi. Birinchi bo‘lim to‘liq mezbonlar ustunligida o‘tdi.

Ikkinchi bo‘limda esa eronliklar tashabbusni qo‘lga olishdi. 87 daqiqada «Istiqlol» uyushtirgan hujum gol bilan yakunlandi va hisob tenglashdi.

Shu tariqa, toshkentliklar g‘alabadan quruq qoldi va jamoa 4 ochkosi bilan guruhdan chiqish imkoniyatlarini pasaytirib yubordi. Bu jamoalarning birinchi davradagi uchrashuvi «Istiqlol»ning 2:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlangandi. Endilikda «Istiqlol» 7 ochko bilan guruh peshqadamiga aylangan.

OChL, A guruhi, 4-tur
«Lokomotiv» - «Istiqlol» 1:1 (1:0)
Gollar: Marat Bikmayev (13) — Kaveh Rizoiy (87)
«Lokomotiv»: 1.Ignatiy Nesterov, 4.Boburbek Yo‘ldoshev (Sherzod Fayziyev 80), 5.Kaxi Maxaradze, 9.Ikrom Aliboyev, 10.Marat Bikmayev, 15.Sardor Mirzayev, 20.Islom To‘xtaxo‘jayev (S), 33.Oleg Zoteyev, 42.Muhammad Kone, 77.Diyor Turopov (Quvondiq Ro‘ziyev 64), 99.Jaloliddin Masharipov (Nore Krizo (85)
«Istiqlol»: 1.Mahdi Rahmatiy, 3.Robson Juniario, 6.Umid Ibrohimiy, 9.Kaveh Rizoiy, 14.Farshid Bag‘iriy, 17.Ali Qurboniy (Behnam Barzay 82), 18.Milod Zakipurkinjiy, 21.Vorya G‘afuriy (Xusro Haydariy 62), 28.Sayid Muhsin Karimiy (Jobir Ansoriy 58), 88.Farshid Ismoiliy, 90.Leandro Padovaniy.
Ogohlantirishlar: Kaxi Maxaradze (39) Sherzod Fayziyev (90+3) —  Ali Qurboniy (19)

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid