Mehnat muhojirlari endi Rossiyaga «maxsus buyurtma» böyiça borişi mumkin.

Özbekistondan Rossiyaga yöl oladigan işçilar qayerda işlaşlari, qança maoş olişlari va qayerda yaşaşlari haqida ham oldindan ma'lumotga ega bölişadi. Özbekistonda ular ta'lim darajasi, soğlomligi va şubhali işlardan xoliligi böyiça saralanadi. Bu haqda Moskva migratsiya markazining Facebook ijtimoiy tarmoğidagi sahifasida xabar berilgan.

Ma'lum qilinişiça, Rossiya va Özbekiston örtasida fuqarolarni vaqtinçalik işga taşkiliy yollaş böyiça maxsus bitim kuçga kirgan. Hujjatda Rossiyada işlaş istagida bölgan Özbekiston fuqarolari qay tartibda tanlab olinişi, şuningdek, markazlaşgan mehnat migratsiyasini taşkillaştiriş böyiça ikki mamlakat vazirlik va idoralari vazifalari belgilab berilgan. Xabarda ta'kidlanişiça, bu mehnat muhojirlarini Rossiyada firibgarlar qöliga tuşib qolişdan hamda qullikka sotilişdan himoyalaydi.

Özbekiston köp yillardan buyon Rossiyaga işçi kuçi yetkazib bermoqda. 2017 yilning 1 fevral holatiga köra, Rossiyaga 1,5 million nafarga yaqin özbekistonlik borgan. Bu esa Yevropa Ittifoqidagi jami mamlakatlarga borganlar sonidan 3 barobar köpdir. Rasmiy ma'lumotlarga köra, 2016 yilda Özbekistonga Rossiyada işlayotganlar tomonidan 1,88 milliard dollardan ortiq mablağ yuborilgan. Bu körsatkiç MDH mamlakatlari orasidagi eng yuqori körsatkiçdir. Rossiyadan Özbekistonga bitta ötkazmaning qiymati 431 dollarni taşkil qilgan.

Yangi xalqaro bitimga köra, Rossiyaga mehnat faoliyatini amalga oşiriş uçun e'lon qilingan tanlovda faqat 18 yoşdan katta bölgan fuqarolar iştirok etişi mumkin böladi. Şuningdek, hozirda muhojirlar uçun amalda bölgan barça qonun-qoidalar öz kuçini saqlab qoladi. Ya'ni, Rossiyaga işlaşga kelayotgan muhojir tegişli tartibda patent rasmiylaştirişi lozim hisoblanadi.

Işga yollaş böyiça taşkiliy masala Özbekiston Mehnat vazirligi qoşidagi agentlik tomonidan boşqariladi.  Uşbu vazirlik Rossiyadagi iş beruvçi va mehnat muhojiri örtasida tuziladigan mehnat kelişuvlarini nazorat qiladi. Agentlik işçining manzilga yetib olişini ham taşkillaştiradi.

Özbekiston IIV esa Rossiyaga işga yuboriladigan har bir fuqaroni tekşiradi. Jumladan, vazirlik tomonidan fuqaro xalqaro yoki davlat miqyosida qidiruvda bölgan-bölmagani tekşiriladi.

Rossiya hududida mehnat muhojirlari Mehnat va ijtimoiy muhofaza vazirligi tomonidan nazorat qilinadi. Vazirlik rossiyalik iş beruvçilardan böş iş örinlari, iş xarakteri, maoş miqdori, işçilardan talab etiladigan malakalar böyiça ma'lumotlarni töplaydi. Şundan söng, bu ma'lumotlarning barçasi Özbekistondagi hamkorlarga yuboriladi. Özbekiston tomoni öz navbatida uşbu vakansiyalarga mos işçilarni qidiriş bilan şuğullanadi.