Şvetsiya prokuraturasi Stokholmdagi teraktni amalga oşirişda gumon qilinayotgan 39 yoşli Rahim Oqilovni hibsga olişni söradi. Bu haqda prokuratura matbuot bayonotida ma'lum qilindi. 

"Boş prokuror örinbosari Xans Irman gumonlanuvçini hibsga oliş haqidagi arizasini Stokholm okrug sudiga topşirdi", deb aytildi xabarda.

Uşbu masala böyiça sud yiğilişi 11 aprelda bölib ötadi. 

Avvalroq Şvetsiya davlat politsiyasi rahbari Dan Eliasson politsiya aynan Rahimov Stokholmdagi terakt ijroçisi ekanligiga işonçi komilligini aytgandi. Uning aytişiça, politsiya Oqilovga nisbatan katta miqdorda dalil yiqqan.

Ma'lum qilingandek, Oqilovning özi tergov izolyatorida söroq qiliniş vaqtida jinoyatni sodir etganini tan olgan. Uning aytişiça, u Suriyadagi IŞID terrorçilik guruhi buyruğiga köra harakat qilgan.