Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev tomonidan 2017 yil “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” deb e'lon qilinişi mamlakatda olib borilayotgan islohotlarning tub mohiyatini yangiça körinişga olib keldi. Joylardagi muammoli vaziyatlar hokimliklar, mutasaddi taşkilotlar tomonidan örganilmoqda va ijobiy tomonga hal etilmoqda.

Buxoro viloyatidan tahririyatimizga kelib tuşayotgan köp sonli murojaatlar yuzasidan viloyat hokimligi bilan boğlandik va mazkur masalalarga ulardan javob olişga harakat qildik. Quyida viloyatning yöl masalasiga doir savollarga “Özavtoyöl” AK “Buxoro avtoyöl” hududiy yöllardan foydalaniş taşkiloti rahbari Ş. Abdullayev tomonidan berilgan javoblarni havola etamiz.

Murojaatlardan birida şunday deyiladi: “Salom. Men Buxoro viloyati, Kogon tumanidanman. Kogon-Qiziltepa yöli masalasi haqida söraşni lozim topdim. Çunki bu yöl işdan çiqqaniga ön yil töldi. Bu yöldan maşinada emas hatto piyoda yursangiz qiynalasiz. Har yil şu masala kötariladi, lekin aniq bir iş qilinmaydi. Ayni damda bu iş yuzasidan qanday işlar amalga oşirilmoqda?”

Berilgan javob: “4R65-“Adizobod-Kogon ş.” avtomobil yölining Buxoro viloyatidan ötuvçi qismi 20 kilometrni taşkil etib, uşbu yölning 30-38-kilometrlarida Kogon TYXPTFK tomonidan, 43-46-kilometrlarida Romitan  TYXPTFK töla ta'mirlaş işlari olib borilmoqda. Uşbu obektlar 2018 yilda foydalanişga topşiriladi.

Yölning qolgan qismlarida Kogon TYXPTFK tomonidan 2017 yil davomida joriy ta'mirlaş işlari amalga oşirilmoqda”.

Yana bir murojaatda “Salom. Qoraköl tumanidagi Jiğaçiga olib boruvçi yöl ta'mirlanişi qaçon közda tutilgan? Iltimos, şu masala yuzasidan javob bersangiz. Oldindan rahmat”, deyiladi.

Berilgan javob: “Qoraköl  TYXPTFK tomonidan uşbu avtomobil yölining 7 km. qismida 2016 yilda birinçi bosqiçda joriy ta'mirlaş doirasida qum-şağal aralaşmasidan yöl asosi qurildi. Şuningdek, 0,8 km. qismida yangidan asfalt yotqizildi. Yana 1,5 km. qismda asfalt yotqiziş işlari olib borilmoqda. 

Romitan TYXPTFK tomonidan 0-3 km. qismida ham töla ta'mirlaş işlari olib borilmoqda.

Uşbu obektlar 2017 yilda foydalanişga topşiriladi.

Umuman uşbu yöl 2017-2019 yillarda bosqiçma-bosqiç töla ta'mirdan çiqariladi”.