3 mingga yaqin suriyalik Livan şarqidagi Beka viloyatida joylaşgan qoçqinlar lagerini tark etişga majbur böldi. Bu haqda "Frans Press" axborot agentligiga Human Rights Watch (HRW) huquqni himoya qiliş taşkiloti ma'lum qilgan.
Mart oxirida Livan qurolli kuçlari xavfsizlik kuçlari obektlari yaqinida yaşovçi qoçqinlar özlari yaşayotgan lagerlarni böşatişlari kerakligi haqidagi qarorni qabul qilgan. Uşbu qaror xavfsizlik çorasi sifatida qabul qilingan.
"Lagerdagi 10 mingdan 3 mingga yaqin kişi çiqarilib yuborilişlari haqida ogohlantiriş olganlaridan keyin öz boşpanalarini tark etganlar", deb ma'lum qilgan HRW vakili Bassam Kxavaya.
Suriyadagi qurolli qarama-qarşilik 2011 yil martidan beri davom etib kelmoqda. BMT ma'lumotlariga köra, töqnaşuvlar oqibatida 220 mingdan köproq odam halok bölgan. Suriya bilan qöşni bölgan davlatlar zimmasiga qoçqinlarni qabul qiliş va ularni saqlaş bilan boğliq asosiy yuk tuşmoqda. Iordaniya hukumati 1,4 mln suriyalikni qabul qilganini aytib keladi. Turkiya esa umumiy hisobda 2,8 mln suriyalikni qabul qilgan. Suriyaliklar, şuningdek, Livan, Iroq va Misrda ham qabul qilinmoqdalar.

















