Bugun, 12 aprel kuni O‘zbekiston Milliy Paralimpiya Assotsiatsiyasi (MPA) stol tennisi bo‘yicha yurtimizning taniqli estrada va kino yulduzlari hamda sportchilar o‘rtasida “Paralimpiya Kubogi” musobaqasini o‘tkazdi. 

Mazkur musobaqada Rio - 2016 XV yozgi Paralimpiya o‘yinlarining g‘olib va sovrindorlari hamda 50 ga yaqin san'atkor ishtirok etdi. "Paralimpiya kubogi"da  elimiz suygan san'atkorlar ishtirokchilarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida o‘z chiqishlari bilan tadbirga ko‘tarinki ruh bag‘ishlashdi. 

Musobaqada MPA stol tennisi sportchisi Hamroyev Izzat birinchilikni qo‘lga kiritdi. Ikkinchi o‘rin xonanda Qurbonov Dilmurod, uchinchi o‘rin esa aktyor Tolibjon Mo‘minovga nasib etdi. 

Kubok co‘ngida g‘olib ishtirokchilarga MPA tomonidan Paralimpiya Kubogi topshirildi, sovrindorlar esa esdalik sovg‘alari bilan siylandi.