“Notariat töğrisida”gi qonunga asosan notarius lavozimga talabgorlar yigirma beş yoşdan kiçik bölmagan, oliy yuridik ma'lumotga, yuridik mutaxassislik böyiça kamida uç yil muddatli iş stajiga ega bölgan, şu jumladan notarial idorada kamida ikki yil muddatli stajirovkani ötagan, malaka imtihonini topşirgan Özbekiston Respublikasi fuqarosi notarius bölişi mumkinligi belgilangan.
Amaliyotda notarius lavozimi zaxirasini malakali kadrlar bilan ta'minlaş va böş notarius örinlarini yuqori malakali hamda yetarli könikmaga ega bölgan şaxslarni tayinlaşda qiyinçiliklar vujudga kelmoqda.
Şu bilan birga, ma'lumki notarius lavozimiga Adliya vazirligi huzuridagi Oliy malaka komissiyada tanlovda ğolib bölgan talabgorlar tayinlanadilar. Lekin, ayrim olis hududlarda kadrlar yetişmovçiligi, talabgorlarning uşbu örinlar uçun tanlovda iştirok etmasligi notarius lavozimi köp yillar davomida böş bölişi, oqibatda mahalliy aholining notarial harakatlarga bölgan ehtiyoji öz vaqtida qondirişning imkonini bermaydi. Uşbu holat notariuslarning rotatsiya qilişni tizimini joriy etişni taqozo qiladi.
Şuningdek, “Notariat töğrisida”gi Qonunga köra notariuslar oddiydan murakabgaça bölgan notarial harakatlarni, jumladan, hujjatlar nusxalarini, vasiyatnomalar, hujjatlardagi imzoning haqiqiyligini, şahodatlaş, mulkni tasarruf etiş haqidagi bitimlarni, garov (ipoteka) şartnomalari, merosga bölgan huquq töğrisidagi guvohnomalarni rasmiylaştiriş kabi notarial harakatlarni amalga oşiradi.
Harakatlar strategiyasida Notariat va Fuqarolik holati dalolatnomalarini yoziş (FHDYo) organlari tizimini isloh etiş belgilandi.
Xususan bosqiçma-bosqiç notariatning faol byudjyetdan taşqari modeliga ötiş va uni fuqarolik-huquqiy va xöjalik nizolarini oldini olişga qaratilgan institut sifatida yanada rivojlantiriş;
notarius lavozimiga nomzodlar uçun stajirovka muddatini qisqartiriş;
notarius yordamçisiga hujjat nusxalari töğriligini tasdiqlaş vakolatini beriş;
notariuslarni attestatsiyadan ötkaziş tartibini joriy etiş;
majburiy notarial tasdiqlanadigan bitimlar turlarini maqbullaştiriş;
notarial idoralarga elektron murojaat qiliş tartibini belgilaş;
davlat bojini elektron tölov tizimidan foydalangan holda qabul qiliş tartibini joriy etiş;
muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolar töğrisida ma'lumotlar bazasini şakllantiriş;
FHDYo organlari faoliyatiga zamonaviy axborot-texnologiyalarini joriy etiş.












