Sankt-Peterburg metrosida amalga oşirilgan terakt ijroçisi sifatida gumondor Akbarjon Jalilovning qonida fenotropil preparati topilgan.
Fenotropil moddasi markaziy asab tizimidagi patologik holatlarni davolaş uçun qöllaniladi. Uşbu modda ruhiy tuşkunlikdan çiqiş, xotirani yaxşilaş va miya faoliyatini faollaştiriş uçun ham iste'mol qilişadi. Bundan taşqari, uşbu preparatni surunkali alkogollik va giyohvandlikdan tuzalişda qöllaş tavsiya etilgan.
Ekspertlar Jalilovning oşqozonida kofein hamda taurin izlarini ham aniqlaşgan. Bu moddalar "Yaguar" yoki "Strayk" energetik içimliklari tarkibida böladi.
Şu bilan birga Jalilovning qonida narkotik yoki kimyoviy moddalar topilmagan.

















