Moskva viloyatining Odintsovskiy tumanida Sankt-Peterburg metrosida 3 aprel kuni sodir etilgan terakt taşkilotçilaridan biri sifatida kelib çiqişiga köra markaziy osiyolik bölgan şaxs qölga olindi. Bu haqda Federal xavfsizlik xizmatining jamoatçilik bilan aloqalar markaziga asoslangan holda RIA Novosti agentligi xabar tarqatdi.

Qayd etilişiça, ismi şarifi Abror Azimov Ahroloviç bölgan, 1990 yilda tuğilgan uşbu şaxs terakt ijroçiligida gumon qilingan Akbarjon Jalilovni tayyorlaş bilan şuğullangan. Qölga oliş çoğida uning yonidan harbiy pistolet topilgan.

Ayni vaqtda uni Tergov qömitasiga topşirişgan.
3 aprel kuni Sankt-Peterburg metrosida «Sennaya ploşçad» va «Texnologiçeskiy institut» bekatlari oraliğida portlaş röy berdi. «Ploşçad Vosstaniya» bekatida ham portlovçi qurilma topildi va zararsizlantirildi. Terakt oqibatida 15 kişi halok bölib, 49 kişi jarohatlandi.
Tergov qömitasi uşbu terakt kelib çiqişiga köra qirğizistonlik bölgan 22 yoşli Akbarjon Jalilov tomonidan sodir etilganini e'lon qildi. OAV ma'lumotiga köra, 2015 yilda Jalilov Peterburgdagi suşi-barda oşpaz bölib işlagan, ammo keyingi yilda uni körişmagan.
Ba'zi manbalar teraktdan oldinroq Jalilov Turkiyada 1 yildan ortiq muddat yaşagani va keyin deportatsiya qilingani haqida yozdi.
















