Sankt-Peterburg terakti ijroçiligida gumon qilingan Akbarjon Jalilov 2016 yilning dekabrida Turkiyadan deportatsiya qilingandi. Bu haqda Turkiyadagi Yeni Akit naşri xabar tarqatdi.
Jurnalistlar u 1 yildan ortiq vaqt davomida Turkiyada noqonuniy tarzda yaşaganini aytişgan.
Jalilovning deportatsiyasi 2016 yil dekabrida tasdiqlangan, u Turkiyaga 2015 yilning noyabrida kelgani va bu yerda 13 oy davomida qolgani aniqlangan.
«2016 yilning dekabrida u mamlakatni Antaliya orqali tark etişga uringan. Şu vaqtda qölga tuşganida u mamlakatda muddatidan ortiq vaqt bölib turgani ma'lum bölgan. Unga yoki katta miqdordagi jarimani tölaşni yoki deportatsiya qilinib, yaqin 5 yil içida mamlakatga qaytib kelmaslik şartiga rozi bölişni taklif etişgan. Jalilov ikkinçi variantni tanlagan. U Rossiyaga Turkiyadagi konsulxona orqali qaytib ketgan», — deyilgan RBK xabarida.
4 aprel kuni Rossiya Tergov qömitasi 22 yoşli Akbarjon Jalilovni Sankt-Peterburg terakti ijroçisi sifatida ma'lum qildi.
Peterburg metropolitenidagi portlaş 3 aprel kuni sodir bölgan va 14 kişi halok bölib, 51 kişi jarohatlangandi.

















