Rossiya Içki işlar vazirligi Sankt-Peterburg metrosidagi terakt ijroçiligida gumon qilinayotgan kelib çiqişiga köra qirğizistonlik Akbarjon Jalilovni fuqarolikdan mahrum etdi. Bu haqda TASS agentligi Rossiya IIVning rasmiy vakili Irina Volkka asoslani xabar bergan.
Irina Volkning ma'lum qilişiça, Sankt-Peterburg Smolninsk tuman sudi Akbarjon Jalilovning otasi Rossiya fuqaroligiga kiriş paytida yolğon ma'lumotlar taqdim etganini aniqlagan.
Şunday qilib, Akram Jalilovga fuqarolik taqdim etilişi töğrisidagi qarorning bekor qilinişi avtomatik tarzda uning öğli Akbarjonni ham fuqarolikdan mahrum qilişga asos bölgan.
3 aprel kuni Peterburg metrosida «Sennaya ploşçad» va «Texnologiçeskiy institut» bekatlari örtasida portlaş röy berdi. Vagonda 300–500 g trotilli ekvivalentdagi portlovçi qurilma harakatga kelgan. Portlaş qurbonlari soni 16 nafarni taşkil qilgan.
Bu iş böyiça olib borilgan tekşiruv işlari davomida 10 kişi hibsga olingan. Asli qirğizistonlik bölgan Abror Azimov va uning akasi Akram Azimov uşbu terakt taşkilotçilari sifatida ayblanmoqda.
FSB ma'lumotiga köra, Akram Azimov Turkiyadagi terrorçi guruh yuborgan pullarni terakt taşkillaştiriş uçun yetkazib bergan. Uning özi terrorçilik faoliyati bilan şuğullanganini inkor etmoqda.

















