Farğona şahridagi rus drama teatrida viloyat imom-xatiblari va noiblarining kasbiy mahoratini oşirişga bağişlangan  öquv-seminari taşkil etildi.

Viloyat hokimligi taşabbusi bilan hamda tasdiqlangan rejasi asosida taşkil etilgan mazkur seminarda viloyatdagi imom-xatiblar, noiblar, diniy idora vakillari, jamoatçilik hamda ommaviy axborot vositalari vakillari iştirok etdi.

Özbekistonda 130 dan ziyod millat va elat vakillari tinç-totuv yaşab kelmoqda. Ularning huquq va erkinliklarini ta'minlaş borasida köplab işlar amalga oşirilmoqda.

Hozirgi tahlikali zamon bu yönalişdagi işlarni yangi bosqiçga olib çiqişni taqozo etadi. Şu bois yiğilişda viloyatdagi imom-xatiblar va noiblar tomonidan xalqlar örtasidagi döstlik va birodarlik, hamkorlikni yanada kuçaytiriş, ta'sirçan tar¬ğibot usullaridan foydalaniş, ayniqsa, yoşlarimizni millatlararo totuvlik ruhida tarbiyalaşga alohida e'tibor qaratişlari ta'kidlandi. 

Seminarda Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yilida ijtimoiy-ma'naviy muhit barqarorligini ta'minlaş, huquqbuzarliklar va jinoyatçilikning oldini olişda diniy xodimlar oldida turgan dolzarb vazifalar hamda dunyoda keçayotgan ijtimoiy-siyosiy jarayonlar tahlili,  mamlakatimizda tinçlik-osoyiştalikni saqlaş borasidagi ustuvor masalalar ham muhokama etildi.

Seminarda viloyat hokimining örinbosari Q.Imomov iştirok etdi va sözga çiqdi.
Şohidbek Aslonov

Muslimbek Tölanov olgan surat