Yevropa çempionlar ligasining 1/4 final uçraşuvlari davom ettiriladi. Kunning markaziy uçraşuvi Myunxenda bölib ötadi. Tribuna.Uz final oldidan final deb baholanayotgan uçraşuviga batafsil töxtaladi.
Bavariya – Real (12 aprel, Toşkent vaqti bilan 23:45, UzReport, Matç TV)
Uçraşuvdan oldin
Bavariya

Karlo Ançelotti şogirdlari Germaniya bundesligasida buyoğiga xotirjam bölişi mumkin. Jamoa eng yaqin ta'qibçisi «Leyptsig»ni 10 oçkoga ortda qoldirmoqda. Ötgan turda nemisça klassikoda jamoa «Borussiya»ga heç qanday imkoniyat qoldirmadi va bu öyinga yuqori kayfiyatda yetib keldi. Jamoadagi bir qator jarohatlarni hisobga olmasa, «Bavariya» mavsumning eng muhim qismida dahşatli formaga kirganini körsatmoqda.
Real Madrid

«Real» esa oldinda kutilayotgan qörqinçli taqvimning ibtidosini nisbatan ijobiy boşladi. Jamoa öz uyida «Atletiko»ni mağlubiyatga uçrata olmagan bölsada, «Barselona» bilan oradagi farqni qisqartirdi. Endi madridliklar «El-klasiko»ni hisobga olmagan taqdirda ham qolgan uçraşuvlarni muvaffaqiyatli ötkazgan taqdirda uzoq yillik tanaffusdan söng Ispaniya çempioni degan nomni qölga kiritişi mumkin
Öyinga oid faktlar
– ikki jamoa YeÇLda şu kungaça 11 marotaba duç kelgan. Qiziği ularning 10tasi YeÇLning pley-off bosqiçiga töğri kelgan;
– bu ikki jamoaning YeÇLdagi özaro 23 öyini böladi. Hali heç bir juftlik özaro bunçalik köp uçraşuv ötkazmagan;
– uç yil muqaddam Karlo Ançelotti «Real» boş murabbiyi sifatida YeÇLda ğalaba qozongan. Unga murabbiy sifatida Zidan yordam bergan;
– «Real» Germaniyada ötkazgan 30 uçraşuvning faqat 4tasida ğalaba qozongan;















