Nyu-Yorkdagi motorşouda "Yilning jahon avtomobili" tanlovi ğoliblari e'lon qilindi. Birinçi örinni Jaguar F-Pace krossoveri egalladi. Bu maşina, şuningdek, "Eng yaxşi dizayn" yönalişida ham ğolib böldi.
Tanlov finalida Jaguar F-Pace yana ikkita yöltanlamas – Audi Q5 va Volkswagen Tiguan modellari bilan bellaşdi. Britan modeli eng çiroyli maşinalar toifasida esa Mercedes-Benz S-Class kabrioleti va Toyota C-HR krossoverini doğda qoldirdi.
Yilning eng yaxşi şahar elektrokari BMW i3 böldi.
"Yilning eng haşamatli avtomobili" nomi Mercedes-Benz E-Class’ga nasib qildi. Bu maşina yakuniy ovoz berişda BMW 5-Series va Volvo S90/V90 modellarini ortda qoldirdi.
Yilning eng yaxşi sport avtomobili McLaren 570S va Audi R8 Spyder modellarini yuta olgan Porsche 718 Boxster/Cayman böldi.
"Eng ekologik maşina" yönalişida Toyota Prius Prime ğolib böldi.
Avvalgi yil Mazda MX-5 "Yilning jahon avtomobili" deb topilgandi.













