Rossiyalik milliarder Alişer Usmonov öz şa'ni va qadr-qimmatini himoya qiliş da'vosi böyiça muxolifatçi Aleksey Navalniyga moddiy e'tirozlar bildirmadi. Bu haqda Moskvaning Lyublin sudi matbuot xizmatida 13 aprelda ma'lum qilindi.

"Usmonovning da'vosida Navalniyga mulkiy e'tirozlar yöq", deb aytgan sud vakili. Uning aytişiça, Usmonov faqatgina tarqatilgan axborotni inkor qilişni talab qilmoqda.

Ma'lum qilingandek, sud 5 kun içida Usmonovning da'vo arizasini işlab çiqarişga qabul qiliş masalasini hal qiladi.

Usmonovning Navalniy ustidan sudga da'vo arizasi berişi 12 aprelda ma'lum bölgan. Usmonovning aytişiça, Navalniy milliarderni Rossiya boş vaziri Dmitriy Medvedev bilan korrupsiyaviy aloqalar, daromad olişning yaşirin sxemalari va xodimlarini arzimagan pulga işlatib, ularni "tunaşda" ayblab, "mumkin bölgan çegaradan ötib ketgan".

Navalniyning korrupsiyaga qarşi jamğarmasida milliarderning yuristlari bilan sudda "körişişdan mamnun bölişlari" bilan javob berilgan.

RIA “Novosti” axborot agentligi tomondan söralgan advokatlar, Usmonov sud jarayonida özining haqligini isbotlay olişini taxmin qilişgan. Ularning ta'kidlaşlariça, OAVda çop etilgan ma'lumotlarga köra, Navalniyning "Bu sizga Dimon emas" deb nomlangan filmida sözlangan, Rublyovkadagi danğillama uy bilan boğliq bitimda heç qanday qonunbuzarlik bölmagan.