Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti ma'lumotlariga köra, dunyoda deyarli 2 mlrd kişi najas bilan ifloslangan suvni içişga majbur bölmoqda. Bu haqda taşkilot saytida çop etilgan xabarda ma'lum qilingan.
Ifloslangan suvning iste'mol qilinişi har yili 500 ming kişining diareyadan vafot etişiga olib keladi hamda vabo, poliomiyelit, terlama, dizenteriya, traxoma bilan kasallaniş hamda şistosoma va gijjalar kabi parazitlar bilan zararlanişi xavfini köp karra oşiradi. 2015 yilda BMT Boş assambleyasi barça uçun sanitariyani ta'minlaş va suv zaxiralaridan oqilona foydalanişni öz içiga oluvçi Barqaror rivojlaniş maqsadlarini qabul qilgan. Biroq, oxirgi ma'lumotlarga köra, amalda hamma davlatlar ham bu maqsadga erişiş uçun çoralar körmayaptilar.
Suv, sanitariya va gigiyenaga ajratiladigan yillik byudjyet oxirgi 3 yil içida örtaça 4,9 foizga oşgan bölsa-da, 80 foiz davlatda milliy darajada yaxşilanişlarni ötkaziş uçun mablağ yetmaydi. Bunda köpçilik rivojlanayotgan davlatlardagi infratuzilma aholiga xavfsiz va işonçli xizmatlar körsatadigan darajada mukammal emas.
Mutaxassislarning ta'kidlaşiça, suv va sanitariyaga ega bölişni moliyalaştiriş insonlar soğliği va rivojlanişga ijobiy ta'sir qiladi hamda yangi iş örinlari yaratişga imkon beradi.












