Özbekistonning eng nomdor jamoasi, milliy çempionatdagi eng sovrindor jamoa bölmiş Toşkentning «Paxtakor» klubi avvalgi mavqeini tiklaşi kutilmoqda. «Championat.asia» sayti xabariga köra, jamoa stadioni 21 aprel kuni «Lokomotiv»ga qarşi bölib ötadigan öyindan keyinoq yopilişi mumkin. Stadionda rekonstruksiya işlari boşlanişi rejalaştirilgan.

Bu rejaga özgartiriş kiritilsa, «Paxtakor» stadioni birinçi davra yakuniga qadar klub uçun xizmat qilib, ikkinçi davra oldidan baribir yopiladi va jamoa öz öyinlarini boşqa stadionda ötkazişga kirişadi. Qurilişning qança davom etişi va uning smetasi borasida aniq ma'lumotlar yöq.

Stadiondan taşqari «Paxtakor» klubi uçun zamonaviy moddiy-texnik sport bazasi quriş ham rejalaştirilgan. Bu loyiha Toşkent şahar hokimligi bilan hamkorlikda amalga oşiriladi. Bunda şahar hokimiyati yil boşidanoq şu işni rejalaştirganmidi yoki reja klub Alişer Usmonov qöliga ötgani haqidagi miş-mişlardan keyin paydo bölganmi — aniq emas.

Klub yaqin kunlar içida yangi ma'lumotlarni taqdim etişi aytilgan. Unda «Paxtakor»ning avvalgi mavqesini tiklaşi borasida söz borişi mumkin.

Bir neça kun oldin mahalliy naşrlarda rossiyalik milliarder Alişer Usmonov «Paxtakor» aksioneriga aylangani haqidagi xabarlar tarqaldi. Jamoa köp ötmasdan uşbu xabarlarni rad qilgandi. Lekin raddiyada Alişer Usmonov nomi keltirilmagandi.

Ma'lumot uçun, «Paxtakor» ayni vaqtda Oliy Liga turnir jadvalida 5 turdan keyin 7 oçko töplagan holda sakkizinçi örinda joylaşgan. Jamoa ötgan mavsumda beşinçi örinni egallab, ilk marta OÇL yöllanmasidan quruq qolgandi.