AQŞ prezidenti Donald Trampning Wall Street Journal naşri uçun bergan intervyusi va undan keyin ötkazgan matbuot anjumanida taşqi siyosat va iqtisodiyot masalalarining bir neça pozitsiyasida öz nuqtai nazarini töliq yoki qisman özgartirgani ma'lum böldi. Ularning orasida dollarning keyingi tarixi, Xitoy bilan munosabatlar va Federal zaxira tizimi raisining kelajakda tayinlanişi kabilar bor. 

Dollar va foiz stavkalari

WSJ naşriga bergan intervyusida Tramp Amerika dollari «juda qurbli bölib borayotgani»ni aytib, Federal zaxira tizimi past foiz stavkalarini saqlab turişi kerakligini ta'kidlagan edi. Bu gaplardan köp ötmay dollar kuçsizlandi. Tramp esa şunday dedi: «Töğrisini tan oladigan bölsam, menga kiçik foiz stavkalari siyosati aslo yoqmayapti. Menimça dollar juda kuçayib bormoqda, bunda mening ham aybim bor, çunki odamlar menga işonişadi. Lekin bu iqtisodiyotimiz uçun zarar. Taassufki, qançalik çiroyli eşitilmasin, qurbi baland dollarning yaxşi tomonlaridan yomon taraflari köproq. Dollaringiz kuçli bölganida, boşqa mamlakatlar öz valyutasini devalvatsiya qilib turganida raqobatga kirişiş juda qiyin». 

Özining saylovoldi kampaniyasi vaqtida Tramp kuçli dollar siyosati AQŞ iqtisodiyoti uçun foydali bölişini bir neça bor takrorlagan edi.

Tramp siyosatidagi siljiş Amerika iqtisodiy körsatkiçlarining pasayişiga olib keladimi-yöqmi, noma'lum, nima bölganda ham FZT balansi böyiça debatlarga yakun yasaladi va stavkalarni oşiriş masalasi söroq ostida qoladi. 

Bundan birinçi navbatda depozitlari nihoyat daromad olib kelişidan umid qilib turgan Amerika banklari omonatçilari jabr körişadi.

Xitoyning valyuta manipulyatsiyalari

Intervyusida Tramp, şuningdek, Xitoy öz valyutasi qiymatini pasaytirmasligi, bu mamlakat bir neça oylardan buyon kursga ta'sir körsatmayotganini ta'kidlab, Şimoliy Koreya tufayli AQŞ va Xitoy örtasidagi muzokaralarning töxtatib qolişidan çöçiyotganini bildirgan.

Avvallari Tramp Barak Obamani Xitoyni valyuta manipulyatori sifatida e'lon qilmagani uçun bot-bot tanqid qilib kelardi, saylovoldi kampaniyasida esa u bu işni prezidentligining birinçi kunidayoq amalga oşirişini va'da bergan edi.