Facebook ijtimoiy tarmoğida joylaştirilgan videorolik köpçilikning e'tiboriga tuşdi. Xitoyliklar tomonidan suratga olingan bu videoda Jan Yulian ismli ayol va uning öz qiziga bölgan çeksiz muhabbati hikoya qilinadi. 

Film real voqeaga asoslangan bölib, undagi holat juda ham ta'sirli aks ettirilgani köpçilikning könglidan joy oldi. 

63 yoşli ayol bir közi körmay qolgan bölişiga qaramay, qizining tobi biroz yöqligini bilgaç, unga mazali taom tayyorlab beriş uçun yölga tuşadi. Yöl davomida u juda katta qiyinçiliklarga duç keladi: ikkita toğ orasidan ötib, daryo keçib, 28 kilometr masofa piyoda yuradi. Tört provinsiyadan ötadi,  36 soat davomida avtobusda kezadi. Hattoki, yölda qizining uy manzilini yöqotib qöyadi. Biroq heç narsaga qaramay, farzandini izlaşda davom etadi... Nima uçun? Bularning bari qiziga taom tayyorlab beriş uçun edi...

Videoni tomoşa qilar ekansiz, közingizga beixtiyor yoş kelişi yoki heç bölmaganda qalbingiz örtanişi aniq.

Dunyodagi eng mazali narsa - bu onalar pişirgan taom. Uyimizni yoruğ qilib ötirgan ota-onalarimizni ardoqlab, ularga öz vaqtida e'tibor beraylik. Axir, bu hayot ötkinçi...